14:19 / 25.08.2019
7 059

Toshkent shahar bosh imom xatibi o‘zgardi

Toshkent shahar bosh imom xatibi o‘zgardi
Nuriddin domla Xoliqnazarov /Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shaharga yangi bosh imom xatib tayinlandi. Andijon viloyat bosh imom xatibi sifatida ishlab kelgan Nuriddin domla Xoliqnazarov ushbu vazifaga tayinlangan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qilmoqda.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Hazrat Usmonxon Alimov raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘inda Toshkent shahar bosh imom xatibi vazifasini bajarib kelgan Rahimberdi domla Rahmonov ilmiy ishlar va izlanishlar munosabati bilan vazifasidan ozod etilgani aytilgan.

Hozirda Rahimberdi Rahmonov «Minor» masjidi imom xatibi hisoblanadi.

Rahimberdi domla Rahmonov
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 4 yanvar kuni Rahimberdi domla Rahmonov O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahridagi vakili, shahar bosh imomi va Yunusobod tumani «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlangan edi.

Bundan avval, u Toshkent shahridagi «Xo‘ja Alambardor» jome masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Муроддилла
Муроддилла 20 мая 2021 04:59
АССАЛОМУ АЛЕКУМ ДОМЛА .МЕН НАФИЛ РОЗАСИНИ ТУТВОМАН .БУГУН 03.35.ЙОПТИМ. РОЗАМИ ТУТСАМ БОЛАДИМ.
ВАКТИНИ ОТКИЗВОРДИМ. ЖОВОБ УЧУН РАХМАТ
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar bosh imom xatibi o‘zgardi