18:48 / 25.08.2019
2 489

Turistlar faqatgina Samarqand-u Buxoroni ko‘rish uchun keladimi?

Turistlar faqatgina Samarqand-u Buxoroni ko‘rish uchun keladimi?
O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy sayyohlar faqatgina Samarqand, Buxoro va Xivani tomosha qilish uchun tashrif buyurishadimi? Bu masalaga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Oqqulov Senatning 21-yalpi majlisida bergan bayonotida to‘xtalib o‘tdi.

«Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan faqatgina Samarqand va Buxoro kabi yirik turistik markazlarni rivojlantirish emas, balki sayyohlarni jalb qilishi mumkin bo‘lgan boshqa hududlar — turistik ovul, turistik mahalla, turistik qishloqlar reyestrini shakllantirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Hozirgacha turistik salohiyati mavjud bo‘lgan 97ta mahalla va qishloqlar ro‘yxati shakllantirilgan. Ushbu reyestrga kirgan qishloqlarni investitsiya dasturi doirasida «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlariga kiritilishi belgilangan. Mazkur ro‘yxatdagi hududlarning salohiyati sayyohlarni kamida yarim kun ushlab qola olishi mumkinligi belgilansa, u yerdagi infratuzilma bilan bog‘liq muammolar ham hal qilinadi», — deydi Oqqulov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtga faqatgina Samarqand yo‘li orqali emas, balki tog‘ yo‘li orqali kirib kelinishini ta’minlash maqsadida Baxmal va Zomin yo‘llarini ta’mirlash rejalashtirilgan. Shuningdek, Namangan viloyatida «Namak» kichik turistik zonasini hosil qilish, Chortoq tumanini sog‘lomlashtirish turizmi hududiga aylantirish bo‘yicha loyiha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Navoiy viloyatidagi Nurota tumanida yerosti suv tizimlari yaxshi holatda saqlanib qolingani, bu hudud ham turistlar uchun jozibador bo‘lishi mumkinligi bois bu yerda ham turistik muhitni yaxshilash rejalashtirilgan. Xonoboddan Mo‘ynoqqacha bo‘lgan hududdagi turizm koridori bo‘ylab yo‘l yoqasidagi hududlarda ham turistik jozibadorlikni oshirish masalalari ko‘riladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turistlar faqatgina Samarqand-u Buxoroni ko‘rish uchun keladimi?