17:27 / 26.08.2019
2 858

Nurotalik fermer elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishni afzal ko‘rdi va oqibatda…

Nurotalik fermer elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishni afzal ko‘rdi va oqibatda…
Majburiy ijro byurosi Nurota tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 18.07.2019 yilda Nurota tumani “Istiqlol” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaligi tomonidan energiya resurslaridan foydalanishda qonun talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan.

Ushbu tekshirishda natijasida fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi T.Boliyev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi “Elektr energiya va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli Qarorning 2-ilovasi 117-118-bandlari talablarini qo‘pol ravishda buzganligi aniqlandi.

Ya’ni u elektr simlarni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan yashirin yo‘l bilan umumiy foydalanishdagi elektr energiyasi tarmog‘iga ulab olib, 20.02.2019 yildan 18.07.2019 yilga qadar elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelishi oqibatida jami 75558 kVt/s elektr energiyasini noqonuniy sarflab, davlat manfaatlariga jami 25 mln. so‘mdan ziyod zarar yetkazgan.

Ushbu fermer xo‘jaligi tomonidan yetkazilgan zararni belgilangan muddat ichida to‘lash majburiyati yuklatilgan. Fermer xo‘jaligi rahbari berilgan muddat ichida yetkazgan zararini to‘liq qoplab bergan hamda unga nisbatan tegishli tartibda qonuniy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurotalik fermer elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishni afzal ko‘rdi va oqibatda…