23:13 / 26.08.2019
2 421

Shavkat Mirziyoyev blogerlarga: "Bilingki, prezident sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi"

Shavkat Mirziyoyev blogerlarga: "Bilingki, prezident sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi"
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Sharq taronalari» xalqaro festivalini yoritish uchun kelgan mahalliy va xorijiy blogerlar bilan suhbatlashdi.

«Keyingi yillarda O‘zbekiston dunyoga ochilmoqda va xalqaro hamjamiyatga haqiqatni yetkazishga intilish bor. Eng muhimi, muhokama qilish, tanqid qilish mumkin», — dedi davlat rahbari.

Mamlakatdagi islohotlarni, madaniyat, tarixiy obidalarni butun dunyoga tarannum etishda blogerlarning o‘rni katta ekanini ta’kidladi.

«Sizlarni jonajon O‘zbekistonimizda, qadimiy sivilizatsiya markazi Samarqandda ko‘rib turganimdan juda xursandman. Bugun biz O‘zbekistonning yangi tarixini yaratyapmiz. Maqsadimiz - xalqimizga xizmat qilish, odamlarni rozi qilish va kelajakka ishonch bilan qarashini ta’minlash. Bunga sizlar ham hissa qo‘shasizlar deb ishonaman», - dedi Prezident.

«Orangizda o‘zimizning qorako‘zlarimizni ko‘rib turibman. Bu menga iftixor bag‘ishlaydi. Bilingki, Prezident sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi», - deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Muloqot so‘ngida Prezident blogerlar bilan suratga tushdi, ularning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev blogerlarga: "Bilingki, prezident sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi"