13:37 / 28.08.2019
4 268

Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralari o‘zgartiriladi

Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralari o‘zgartiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, Toshkent viloyati Zangiota tumani ma’muriy hududining umumiy maydonidan 428 gektarlik qismi belgilangan tartibda Toshkent shahrining Sergeli tumani tarkibiga o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 2019 yil 3 maydagi SQ-418-III-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani chegaralari o‘zgartiriladi