14:52 / 28.08.2019
2 893

MIB bank foydasiga ko‘chmas mulklarni undirdi

MIB bank foydasiga ko‘chmas mulklarni undirdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 20.02.2019 yildagi qarzdor “Oq Qayin Sport Plus” MChJ, qo‘shimcha javobgarlar U.Sadikov, I.Xusanov, M.Muminov, M.Qurbonova va R.Xapizovlardan undiruvchi ATB “Kapitalbank” Qo‘qon filiali foydasiga 5 mlrd. 770,5 mln. so‘m qarzdorlikni undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan 20.03.2019 yilda ish yurituviga olingan.

Mazkur ijro ishi yuzasidan qarzdor “Oq Qayin Sport Plus” MChJga tegishli Qo‘qon shahar T.Malik ko‘chasida joylashgan 2 mlrd. 250 mln. so‘mlik choyxona kompleksi bino-inshootlari hamda qo‘shimcha javobgar U.Sadikovga tegishli 2 mlrd. 975 mln. so‘mlik hamda bino-inshootlar xatlanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish Agentligi tasarrufidagi elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish Markazi orqali “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilgan.

Navbatdagi xatlov qo‘shimcha javobgar I.Xusanovga tegishli Qo‘qon shahar, A.Navoiy mavzesida joylashgan 150 mln. so‘mlik kir yuvish va quritish shaxobchasi va ayollar saloni bino-inshootiga qaratilgan.

Biroq, ko‘chmas mulk bino-inshootlari bir necha marotaba “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yilishiga qaramasdan o‘z xaridorini topmagan. Shu sababli qonunda belgilangan tartibda arzonlashtirilib, undiruvchi ATB “Kapitalbank” Qo‘qon filialiga taklif qilingan.

Mazkur taklif undiruvchi tomonidan ma’qullanib, ijro hujjatiga asosan 4 mlrd. 837,5 mln. so‘mlik ko‘chmas mulklar bank tomonidan qabul qilish-topshirish daloltanomasiga asosan qabul qilib olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB bank foydasiga ko‘chmas mulklarni undirdi