2019 yil 23 iyul kuni Navoiy shahar Tolstoy ko‘chasida yashovchi 25 yoshli A.G. ismli ayol IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
U shu yil 22 iyul kuni soat 21:00larda noma’lum shaxs internet tarmog‘i orqali “OLX” saytiga stol-stuldan iborat uy jihozlarini sotish maqsadida bergan e’loni bilan tanishib so‘ng, +7905036**** va +7905036**** raqamlaridan telefon qilib, o‘zini “Sergey” deb tanishtirganini va berilgan e’londagi buyumlarini sotib olmoqchiligini, pullarni A.G.ning plastik kartasiga o‘tkazib berishini aytib, uning nomida bo‘lgan plastik kartasining raqamlarini olib, kartasidan 14 600 000 so‘m pulini yechib, olganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, agarda sizga noma’lum shaxslar internet tarmog‘i orqali arzon narxdagi mahsulotlarni taklif qilsa yoki masofadan turib to‘lovlarni amalga oshirib beraman, deb aytsa hisob raqamlaringiz va plastik kartochkangizning maxfiy kodlarini taqdim qilmang! Chunki ana shunday shaxslarning aksariyati firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirib olmoqda. Bu kabi holatlar avval ham yuz bergani bois biz bu haqida saytimiz orqali ogohlantirgan edik. Hushyor bo‘ling, ogohlik va sergaklik siz va yaqinlaringizning moliyaviy xavfsizligining garovidir”, - deyiladi IIV xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi