14:12 / 30.08.2019
5 765

1-sinf o‘quvchilari uchun beriladigan «Prezident sovg‘asi» sifati yaxshilandi

1-sinf o‘quvchilari uchun beriladigan «Prezident sovg‘asi» sifati yaxshilandi
Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati
Sanoqli kunlardan so‘ng yangi o‘quv yili boshlanadi. Bu yil o‘quvchilarni o‘tgan yillardagidan farqli “Prezident sovg‘asi” kutmoqda, deb xabar berdi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati.

Joriy yilning 4 sentyabr kuni 627 mingdan ziyod o‘g‘il-qiz ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yadi. Qolaversa, imkoniyati cheklangan 13 ming nafar bola o‘z uyida ta’lim olishni boshlaydi. An’anaga ko‘ra, ularga yangi o‘quv yili munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus sovg‘alari - o‘quv-qurollari topshiriladi.

2019 yili 1-sinf o‘quvchilari uchun beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibidagi mahsulotlarning sifatiga katta ahamiyat berildi.
1-sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘asi”dan 12 turdagi o‘quv qurollari o‘rin olgan.

Jumladan, portfel, 2 xil chiziqdagi 12 dona daftar, qalamdon, rasm daftari, rangli qog‘oz, sharikli ruchka, akvarel bo‘yoqlari, rangli qalamlar jamlanmasi, yelim, oddiy qalamlar va o‘chirg‘ich yangi o‘quv yilining ilk kuni “Prezident sovg‘asi” sifatida 1-sinf o‘quvchilariga topshiriladi.

“Prezident sovg‘asi” bolajonlar qo‘liga yetib borishi, ularga ko‘p vaqt xizmat qilishi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimiga kiruvchi “O‘quv ta’lim-ta’minot” Davlat unitar korxonasi zimmasiga yuklatilgan.

“O‘quv ta’lim-ta’minot” Davlat unitar korxonasi tomonidan har yili Prezident sovg‘asi sifatida 1-sinf o‘quvchilari uchun beriladigan 12 turdagi o‘quv qurollaridan tashqari, barcha ta’lim muassasalariga darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va badiiy adabiyotlar, shuningdek, ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun maktab mebellari, o‘quv laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va boshqa tovar-moddiy boyliklari Xalq ta’limi vazirligi taqsimotlariga asosan yetkazib berilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1-sinf o‘quvchilari uchun beriladigan «Prezident sovg‘asi» sifati yaxshilandi