23:15 / 30.08.2019
3 715

O‘zbekistonni dunyoga tanitmoqchi bo‘lgan blogerlar kimlar? Ulardan natija kutsak bo‘ladimi?

O‘zbekistonni dunyoga tanitmoqchi bo‘lgan blogerlar kimlar? Ulardan natija kutsak bo‘ladimi?
O‘zbekiston rahbariyatining yurtimizga kelayotgan sayyohlar sonini oshirish hamda xalqaro maydonda mamlakat imijini yaxshilash uchun innovatsion usullarni qo‘llashga doir topshirig‘i ijrosi sifatida tashkil etilgan World Influencers Congress ("Jahon Inflyuyenserlari Kongressi") birinchi xalqaro kongressi doirasida dunyoning eng sara 100 nafar blogeri 22-27 avgust kunlari yurtimizda bo‘lishdi.

Ular Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivada bo‘lishib, O‘zbekistonning turistik salohiyatini ochib beruvchi ajoyib foto, video va yozma materiallar tayyorlashdi.

"World Influencers Congress» (WIC) tadbirimizda o‘z ishtirokini tasdiqlagan inflyuyenserlarning «Instagram», «Facebook» va «Youtube» videoxostingidagi obunachilarining umumiy soni 109 millionga yaqinni tashkil qiladi. Shunday ekan, ushbu inflyuyenserlarning platformalarida nashr etilgan materiallarning ko‘zdan kechirilishi 7,7 milliard martani tashkil qiladi", - deya ma’lum qilgandi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining maslahatchisi Behruz Hamzayev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Xo‘sh, mazkur tadbirda ishtirok etgan blogerlar kimlar va ular qay darajada nufuzga ega? Ular o‘z obunachilariga O‘zbekistonni qanchalik tanishtira olishdi? Yurtimizga kelgan barcha blogerlar haqida bo‘lmasa ham, ularning ayrimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan quyida tanishishingiz mumkin (blogerlarning faqatgina Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi obunachilari soni ko‘rsatilmoqda).

Atta Halilintar (@attahalilintar) – indoneziyalik aktyor va vloger, Instagramda uning 9,5 mln obunachisi bor.
Rawan Bin Hussain (@rawan) – quvaytlik model va byuti-bloger. Londonda yashaydi. Obunachilari soni - 3,7 mln.

Sadaf (@sadaf_beauty, @sadaf_beauty_diary) – San-Fransiskoda yashaydigan eronlik model, byuti-bloger. Uning @sadaf_beauty akkauntida 2,1 mln, @sadaf_beauty_diary akkauntida - 1 mln obunachi bor.
Sjana Elis Earp (@sjanaelise) –yoga bo‘yicha instruktor, model va bloger. Avstraliyada yashaydi. 1,6 mln obunachiga ega.

Altug Galip (@kyrenian) – sayohatchi va tadbirkor. Obunachilari soni 1,3 mln nafar.
Djurinskaya Jania (@djurinskaya) – qozog‘istonlik byuti- va layfstayl bloger. 1,3 mln obunachisi bor.

Mehmet Kirali (@civilking) – turkiyalik fotografning obunachilari 1,2 mlndan oshadi.
Erika Santos (@erikasantos) – braziliyalik feshn-jurnalist va trevel-bloger. Obunachilari soni 1,2 mln nafar.

High On Life (@highonlife) – kanadalik vlogerlar jamoasi. Ularning obunachilari soni 1,1 mln nafarga yetadi.
Dotz Soh (@dotzsoh) – singapurlik fotograf va illyustrator. 1 mln obunachisi bor.

Barkha Singh (@barkhasingh0308) – hindistonlik model, aktrisa va vloger. Uning obunachilari 948 ming kishi.
Na’el Abu Alteen (@nael_abu_alteen) – iordaniyalik bloger. Uning obunachilari 841 ming kishi.

Tamara Jamal (@tamara.jamal) – livanlik feshn- va byuti-bloger, teleboshlovchi va model. 595 ming obunachiga ega.
Devin Graham (@devinsupertramp) – AQShlik vloger, 571 ming obunachisi bor.

Arian Zamani (@arian_zamani) – italiyalik bloger. 475 ming obunachiga ega.
Claudio Bezerra (@cbezerraphotos) - trevel-fotograf. 440 ming nafar obunachi.

Wael Abu Alteen (@waelalteen) – iordaniyalik trevel-bloger. Uning sahifasiga 327 ming kishi obuna bo‘lgan.
Lenka Josefiova (@thetravellingbeautyqueen) - sayohatchi, feshn-bloger, inflyuyenser. Uning faoliyatini 243 ming obunachi kuzatib boradi.

Michael Chen (@mikexingchen) - fud-bloger. 239 ming obunachisi bor.
Mikki Tenazas (@mgtenazas) - trevel-bloger. 153 ming obunachiga ega.

David Hoffmann (@davidsbeenhere) – AQShdan. Obunachilari soni 132 ming nafar.
Alex Chacon (@alexchacon_official) – AQShlik trevel-bloger, filmmeyker, bayker. 110 ming obunachisi bor.

Biz sanab o‘tgan 22 blogerning birgina Instagramda 30 mln nafardan ortiq obunachisi bor. Bu raqamlarga ularning boshqa ijtimoiy tarmoqlar va Youtube kanallaridagi obunachilari va nomlari tilga olinmagan boshqa blogerlarning ham obunachilarini qo‘shadigan bo‘lsak, bu raqam yana bir necha barobarga ortishi aniq. Bizningcha, boshlanishiga natija yomon emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonni dunyoga tanitmoqchi bo‘lgan blogerlar kimlar? Ulardan natija kutsak bo‘ladimi?