22:25 / 02.09.2019
2 196

Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Senati raisi etib saylandi

Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Senati raisi etib saylandi
Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Senati spikeri etib qayta saylandi, deb xabar beradi Daryo.uz.
Senatorlar yashirin ovoz berish jarayonini o‘tkazgan hamda aksariyat ovoz bilan prezident Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan taklif etilgan nomzod Darig‘a Nazarboyani qo‘llab-quvvatlagan.

Senatning saylangan spikeri deputatlarga ishonch uchun minnatdorchilik bildirgan. Darig‘a Nazarboyeva palata spikeri lavozimini parlamentning avvalgi sessiyasida ham egallagan edi.

Yangi ovoz berish jarayoni Nazarboyeva 12 avgust kuni Senat deputati etib tayinlanishi munosabati bilan o‘tkazildi.

Darig‘a Nazarboyeva 1963 yilning 7 may kuni tug‘ilgan. U Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Kirov nomidagi Qozog‘iston davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi bo‘yicha tarixchi, tarix va jamiyatshunoslik fani o‘qituvchisi.
Bunga qadar Majlis raisi o‘rinbosari, bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Yaqinda parlament Senati deputati etib saylangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Senati raisi etib saylandi