10:47 / 03.09.2019
5 726

O‘zbekistonlik abituriyent bir vaqtda 18 ta OTMga o‘qishga kirdi (video)

O‘zbekistonlik abituriyent bir vaqtda 18 ta OTMga o‘qishga kirdi (video)
O‘zbekistonlik abituriyent bir vaqtning o‘zida 18 ta universitetga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘ldi va bu borada rekord o‘rnatdi. U shuningdek, yana bir universitetdan javob kutmoqda. Bu haqda Zamon dasturida ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili boshqa bir abituriyent bir vaqtning o‘zida 14 ta OTMga o‘qishga kirgan edi.

18 ta OTM talabasi bo‘lgan Jahongir Mahammatkarimovning aytishicha, u kirgan universitetlar orasida BAA, Malayziya, Janubiy Koreya, Rossiya va Toshkent shahridagi INHA, Iqtisodiyot va boshqa universitetlar bor. Abituriyent OTMlarning uchtasiga grant asosida kirgan.

U shuningdek, o‘qishni Gubkin nomidagi Moskva neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialida davom ettirishni istashini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik abituriyent bir vaqtda 18 ta OTMga o‘qishga kirdi (video)