18:24 / 05.09.2019
3 452

Xalqaro Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik qori 7-o‘rinni egalladi

Xalqaro Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik qori 7-o‘rinni egalladi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Avgust oyida Chechenistonning Shali shahrida yirik masjidning ochilishi va xalqaro Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Musobaqada 25 davlatdan hofizi Qur’onlar ishtirok etdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini Yo‘ldosh qori Nuriddinov himoya qildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra birinchi o‘rin sohibiga 100 ming dollar, ikkinchi o‘ringa 50 ming dollar, uchinchi o‘ringa esa 25 ming dollar miqdorida mukofot pullari topshirildi.

1-o‘rin: Liviya
Ishtirokchi: Abdurahmon al-Bashir Solim
Rivoyat: imom Qolunning imom Nofe’dan rivoyati
Ball: 100

2-o‘rin: Yaman
Ishtirokchi: Abdulmajid Mujohid Aliy as-Samoviy
Rivoyat: imom Hafsning imom Osimdan rivoyati
Ball: 99.97

3-o‘rin: Suriya
Ishtirokchi: Ahmad Muhammad Umar
Rivoyat: imom Hafsning imom Osimdan rivoyati
Ball: 99.90
O‘zbekistonlik qori Nuriddinov Yo‘ldoshbek imom Hafsning imom Osimdan rivoyati asosida tilovat qilib, 100 balldan 98,37 ball to‘pladi va 7-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov 23 avgust kuni Chechenistonda Samarqand va Buxoro mumtoz me’morchiligi uslubida o‘zbek me’morlari tomonidan barpo etilgan Yevropadagi eng yirik masjidni ochgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalqaro Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik qori 7-o‘rinni egalladi