11:04 / 06.09.2019
2 885

Yagona portalda to‘rtta yangi xizmat ishga tushirildi

Yagona portalda to‘rtta yangi xizmat ishga tushirildi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) to‘rtta yangi onlayn davlat xizmatlarini ishga tushirildi. Bu haqda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi xabar bermoqda.

Xorijiy davlatlarda berilgan ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olinish jarayonini takomillashtirish maqsadida, 2019 yil 1 sentyabrdan quyidagi davlat xizmatlari ishga tushirildi:

- Xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun elektron ariza yuborish;
- Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun ariza yuborish.

Ikki xizmat ham faqatgina elektron ko‘rinishda Yagona portal yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida, shuningdek 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni inobatga olib, 2019 yil 1 sentyabrdan Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan talabnomalar faqat elektron shaklda Yagona portal yoki davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilina boshlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 avgustdagi «Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 672-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2019 yil 1 sentyabrdan Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma olish uchun arizalar faqat elektron shaklda Yagona portal yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinishni boshladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yagona portalda to‘rtta yangi xizmat ishga tushirildi