11:28 / 06.09.2019
5 865

O‘zbekistonda paxta terimi boshlandi

O‘zbekistonda paxta terimi boshlandi
Boyovut tumanida 2019 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta homashyosini yig‘ib-terib olish, yig‘im-terim mavsumining ramziy boshlanishi hisoblangan «Hosil karvoni» tadbir bo‘lib o‘tdi.

Boyovut paxta tozalash korxonasiga yig‘ilgan xoji bobolar, mehnat faxriylari va fermer xo‘jalik rahbarlari ochilish marosimida ishtirok etdi. Marosimdan so‘ng yig‘ilganlarga ramziy «Hosil karvoni» namoyish etildi.

Tadbirda viloyat hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqib, paxtakor dehqonlarini o‘z peshona terlari, bir qancha agrotexnik tadbirlarni o‘z vatida va sifatli bajarib, marraga, ya’ni hosilni yig‘ib olishdek mas’uliyatli mavsumga yetib kelganliklari bilan tabriklab, kuch-g‘ayratlarini so‘ndirmasdan bor kuchni paxta hosilini nes-nobud qilmay yig‘ib-terib olishga safarbar qilishni so‘ragan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, joriy yilda tumanda 10,5 gektar yer maydoniga chigit ekilgan bo‘lib, davlatga 32 340 tonna paxta homashyosi sotish rejalashtirilgan.

Tadbirda, shuningdek, viloyat va tuman sektor rahbarlari ham qatnashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda paxta terimi boshlandi