10:15 / 08.09.2019
4 879

400 000 so‘m nimaga yetadi? Talabalar yangi tartibdagi stipendiya miqdoridan norozi

400 000 so‘m nimaga yetadi? Talabalar yangi tartibdagi stipendiya miqdoridan norozi
Xabaringiz bor, yaqinda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’lim muassasalari uchun 2019-2020 o‘quv yillaridagi kontrakt miqdorini belgiladi. Unda talabalarga stipendiyali va stipendiyasiz to‘lov-kontrakt miqdorlarini to‘lash imkoniyati yaratildi.

Ammo shu imkoniyatdan so‘ng Vazirlik talabalarga stipendiya tayinlash tartibini ham o‘zgartirdi, ya’ni endi talabalar avvalgidek, tabaqalangan holda emas, hammaga bir xil tarzda stipendiya miqdori belgilandi. Ushbu stipendiya miqdori bir oyga 400.000 (to‘rt yuz ming) so‘m bo‘ldi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ushbu qarori ijtimoiy tarmoqlarda keng noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, @talabayoshlar telegram kanali ushbu qarordan norozi bo‘lgan holda, "siz ushbu tartibga rozimisiz" deya o‘z obunachilaridan so‘radi. Hozirga qadar 94 nafar obunachi rozi, 496 nafar foydalanuvchi esa norozi. Agar norozilar soni 2000 nafarga yetsa, ular meningfikrim.uz ommaviy murojaatlar portaliga joylashmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, oldingi tartib bo‘yicha, talaba semester mobaynida o‘qigan fanlari yakuni bo‘yicha olgan ballari yoki baholari bo‘yicha stipendiya olishardi. Unda sessiyani 5 bahoga yakunlagan talaba 750.000 (yetti yuz ellik ming) so‘m, 4 bahoga «yopgan» talaba 550000 (besh yuz ellik ming) so‘m, 3 oladigan talaba 380000 (uch yuz sakson ming) so‘m olar edi. Yangi tartib bo‘yicha hukumat barcha talabalarning stipendiyalarini deyarli «3 lik»ka tenglashtirib qo‘ydi. Vazirlik nima asosida stipendiya narxi bir xil 400 000 so‘m qilib belgilangani to‘g‘risida rasmiy izoh bermadi.

Talabalarning fikricha, barchaga birdek stipendiya to‘lanishi o‘qishga bo‘lgan qiziqishni biroz so‘ndiradi. "5 oldim nimayu, 3 oldim nima, baribir 400 000 stipendiya berilarkan. Undan ko‘ra, o‘z ustimda ishlab tuzukroq qo‘shimcha ish qidirishga harakat qilaman. 400 000 so‘m nimaga yetadi? 100 000 yo‘lkiraga ketsa, kuniga minimum 10 000 dan sarflaganda ham 300 000 tushlikka arang yetsa. Nima qilish kerak?" deydi talabalardan biri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 400 000 so‘m nimaga yetadi? Talabalar yangi tartibdagi stipendiya miqdoridan norozi