7 sentyabr kuni Toshkentda birinchi elektrobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshladi, deb xabar qilmoqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati.
“Ushbu transport vositasi bugun poytaxt yo‘llariga olib chiqildi. Uning birinchi yo‘lovchilari jamiyat rahbariyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari bo‘ldi. Elektrobus qatnovi shahar markazida amalga oshiriladi. Elektrobas kelasi hafta yo‘lovchilarga xizmat qila boshlaydi”, - deyilgan xabarda.
Elektrobasning texnik imkoniyatlarini o‘rganish, shunga muvofiq biriktiriladigan yo‘nalishni belgilash maqsadida belorus hamda jamiyat mutaxassislari ilk kuzatuvni amalga oshirdilar.
Ye420 “Vitovt Elektro” rusumli elektrobas bir martalik quvvat bilan 20-25 kilometr atrofida masofa bosib o‘tadi. Quvvat olish vaqti esa 6-8 daqiqaga teng. O‘rtacha 90 ta yo‘lovchi olib yurish imkoniyatiga ega.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin “Toshshahartransxizmat AJ va ”Belarusning «Belkommunmash» kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro memorandumga asosan poytaxt jamoat transporti harakat tarkibida elektrobuslarni sinov tariqasida yurgizish maqsadida bir dona ana shu turdagi transport vositasi Toshkent shahriga keltirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi