17:30 / 10.09.2019
4 618

Super-kontrakt narxlari arzonlashishi kutilmoqda

Super-kontrakt narxlari arzonlashishi kutilmoqda
Yaqinda qabul qilinishi rejalashtirilayotgan Davlat qabul komissiyasi qarori bilan, super-kontrakt narxlari arzonlashishi kutilmoqda. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev yozmoqda.
Bunga sabab super-kontrakt narxlari stipendiyasiz to‘lanadigan kontrakt miqdoriga nisbatan belgilanadi.

Shunchaki misol uchun:
O‘tgan yili super-kontrakt miqdori 11 mln so‘mning 15 barobari, ya’ni 165 mln so‘m etib belgilangan bo‘lsa, joriy yilda 1 yillik stipendiya miqdori (4,8 mln so‘m) chegirib tashlanib, 6 mln 200 ming so‘mning 15 barobari, ya’ni 93 mln so‘m etib belgilanadi.

Boshqacha aytganda super-kontrakt miqdorlari quyidagicha kamayadi:
10 barobarda - 48 mln so‘mga;
15 barobarda - 72 mln so‘mga;
20 barobarda - 96 mln so‘mga;
25 barobarda - 120 mln so‘mga.

Faqat birgina jihati, joriy yildan boshlab Davlat qabul komissiyasi super-kontraktning faqat minimum miqdorini belgilab beradi, OTMlar shu minimumdan kam bo‘lmagan holatda super-kontrakt narxini o‘zlari mustaqil belgilash huquqiga ega bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Super-kontrakt narxlari arzonlashishi kutilmoqda