08:53 / 11.09.2019
2 445

Talabalarning stipendiyasi pasaytirilishi masalasi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin

Talabalarning stipendiyasi pasaytirilishi masalasi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin
Bugun, 10 sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov, bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov, boshqarma boshlig‘i Maqsud Hamroyev va universitet rektorlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AOKA matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq qat’iylashtirilgan 400 ming so‘mlik stipendiya davlat byudjeti asosida o‘qiydiganlar uchun ham, kontraktda o‘qiydiganlarga ham joriy etilishi ma’lum qilingandi.

«Yangi stipendiyali va stipendiyasiz o‘qish tizimi sentyabr oyidan to‘liq ishga tushadi, — dedi Sarvar Buzrukxonov. — «4» va «5» bahoga o‘qigan davlat byudjeti asosidagi talabalar uchun davlat byudjeti hisobidan 50 foizgacha rag‘batlantiruvchi mablag‘ ajratiladi».

Shuningdek, davlat grantida o‘qiyotgan talabalar agar semestr yakunida 30 foizdan ortiq fanlardan «3» baho olsa, kelgusi semestrda stipendiya olish huquqidan mahrum bo‘lishi haqida ham aytilgandi.

Jurnalistlar bilan muloqot davomida Sarvar Buzrukxonov: «Jamoatchilik fikridan kelib chiqqan holda, qat’iylashtirilgan 400 ming so‘mlik stipendiya miqdori qayta ko‘rib chiqilishi mumkin», deya qo‘shimcha qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Talabalarning stipendiyasi pasaytirilishi masalasi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin