Qonunchilik palatasida «Ovchilik va ov xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda. Bu haqda deputat Xayrillo Gapporov xabar berdi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasini maromiga yetkazish jarayonida uning moddalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishiga e’tibor qaratilyapti. Qonun loyihasidagi asosiy tushunchalarning bir qismi ayrim moddalarda aks ettirilmoqda. Undan tashqari, ayrimlari boshqa qonunlarda qo‘llanilishini inobatga olgan holda qonun loyihasidan chiqarilmoqda. Loyihaga ovchilik resurslari va ovchilik resurslaridan foydalanuvchilar hamda ov qilish turlari aks etgan yangi moddalar kiritilmoqda.
Qonun loyihasida ovchilik resurslarining sonini tartibga solish, ovchilik resurslarini tutishga doir kvotalar, ov qilish mavsumi va muddatlari, g‘ayriqonuniy ravishda ov qilish (brakonerlik), ovchilik yo‘llanmasi, ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini taqdim etish kabi masalalar aniq qilib belgilanmoqda. Shuningdek, ovchilik xo‘jaliklarining yovvoyi hayvonlar sonini ularning yashash joylari doirasida saqlab turish, ko‘paytirish yoki kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish majburiyatlari belgilanmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi ov hayvonlaridan oqilona foydalanish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga, yovvoyi hayvonlar hisobini yuritish, ularni ko‘paytirish va tutish normalarini tartibga solish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga, ov turizmining rivojlantirilishiga hamda ov xo‘jaliklari holatining yaxshilanishiga olib keladi, deyiladi deputat ma’lumotida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi