17:53 / 13.09.2019
4 143

Toshkentda YPX inspektori xizmat mashinasida piyodani urib ketdi

Toshkentda YPX inspektori xizmat mashinasida piyodani urib ketdi
Foto: «Avtostrada.uz»
Internet tarmog‘ida Toshkent shahar IIBB xodimi o‘z avtomobilida harakatlanib borayotganida YTH sodir bo‘lgan, natijada jabrlangan piyoda hayotdan ko‘z yumgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ushbu xabarga izoh berdi.
«Ushbu xabar haqiqatdan yiroq ekanligini ma’lum qilamiz», — deb boshlanadi IIBB axboroti.

12 sentyabr kuni taxminan soat 8:00 da Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida YPX inspektori kichik serjant B.K. Lacetti rusumli xizmat avtomobilida o‘z xizmat vazifalarini bajarish davomida, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Natijada xodim boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan 48 yoshli Zafar U.ga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobilga to‘qnashgan.

YTH natijasida 46 yoshli Zafar A. tan shikastlari bilan tibbiy yordamga murojaat qilgan. Hozirgi vaqtda shifokorlar uning holatini qoniqarli deb baholamoqda.

Ushbu fakt bo‘yicha IIBB xodimiga nisbatan olib borilayotgan xizmat tekshiruvi davomida YTH sababi aniqlanadi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda YPX inspektori xizmat mashinasida piyodani urib ketdi