15:25 / 14.09.2019
3 048

To‘ylarda 2 nafardan ortiq xonanda yoki guruhning xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi

To‘ylarda 2 nafardan ortiq xonanda yoki guruhning xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi
Oilaviy tadbirlarda 2 nafardan ortiq xonandaning yoki guruhning xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, ular oilaviy tadbirlarda qonun hujjatlariga muvofiq, shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi.

Bu yangilik bugun Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashining qo‘shma majlisida qabul qilingan «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorda o‘z aksini topgan bo‘lib, 2020 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.

«O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi oilaviy tadbirlarni milliy qadriyatlarga mos ravishda ixcham va kamxarj o‘tkazishga erishish uchun san’atkorlar tomonidan konsert xizmatini ko‘rsatishni tartibga solish choralarini ko‘rishi belgilangan», - deya ma’lumot berdi Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Iqbol Mirzo.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘ylarda 2 nafardan ortiq xonanda yoki guruhning xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi