20:10 / 14.09.2019
7 840

Qo‘qonda narxi 3 ming dollar bo‘lgan elektromobillar ishlab chiqariladi (foto)

Qo‘qonda narxi 3 ming dollar bo‘lgan elektromobillar ishlab chiqariladi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasidagi «Shaffof omadli sanoat» qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Ushbu erkin iqtisodiy zona qariyb 710 gektar maydonda joylashgan. Bu yerda mashinasozlik, to‘qimachilik, elektr texnikasi, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, charm-poyabzal va boshqa tarmoqlarda umumiy qiymati 180 million dollarlik 94 ta investitsiyaviy loyiha amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda 52 million dollarlik 29 ta loyiha foydalanishga topshirilgan, 1 700 ga yaqin ish o‘rinlari tashkil etilgan. 2019 yilning sakkiz oyida erkin iqtisodiy zona rezidentlari tomonidan jami qiymati 407 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 3,3 million dollarlik tovarlar eksport qilingan.

«Shaffof omadli sanoat» qo‘shma korxonasi Prezidentning 2019 yil maydagi tashrifi asnosida ishlab chiqilgan Farg‘ona viloyatini 2019—2020 yillarda rivojlantirish bo‘yicha hududiy investitsiya dasturi doirasida tashkil etilgan. Bu yerda yiliga 230 ming dona metan va 250 ming dona propan uskunalari, 300 ming dona butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yiliga 20 million dollar miqdoridagi import o‘rnini to‘ldirish imkonini beradi. Shuningdek, qo‘shni davlatlarga 60 million dollarlik mahsulot eksport qilish ham rejalashtirilgan. Mazkur korxonada kelgusi yildan yuk tashuvchi karalar, 2021 yildan elektromobillar ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.

Prezident elektromobillarning iqtisodiy samaradorligiga alohida e’tibor qaratdi. Xitoyning Silk Road Company kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan mazkur loyihaning umumiy qiymati 30 million AQSh dollari bo‘lib, shundan 24 million dollari xorijiy investitsiyadir.

«Hisob-kitoblarga ko‘ra, yurtimizda ishlab chiqariladigan ekologik toza elektromobillar narxi 3 ming dollar atrofida bo‘ladi. Ular neft mahsulotlari cheklangan sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi», — deya qayd etib o‘tgan Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yerda «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirgan, farg‘onalik tadbirkorlar bilan suhbatlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda narxi 3 ming dollar bo‘lgan elektromobillar ishlab chiqariladi (foto)