Bugun, 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senati va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘shma majlisida jamiyatdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jamiyat hayotini yaxshilash uchun samarali mexanizmlarni ishlab chiqish yuzasidan fikrlar bildirildi. Deputat va senatorlar tomonidan jamoatchilikning fikrini shakllantirishda OAVning roli, ta’siri alohida ta’kidlandi. Jurnalist Quddus A’zamov bu borada o‘z mulahazalarini bildirdi.
“Oshkoralik bo‘lmagan jаmiyatda hech qanday taraqqiyot bo‘lmaydi. Xalqning ovozi bo‘lmasa, ishtiroki bo‘lmasa, yuqorida aytilgandek, qonunlar qog‘ozda qolib ketadi. Chunki har qanday taraqqiyot insonning erkinligi bilan bog‘liq. Inson erkin bo‘lmasa, nimadandir qo‘rqsa, hokimiyatdan uzilsa, islohotlarga daxldor bo‘lmasa, hammasidan chetda qolib ketadi. Bitta narsadan ehtiyot bo‘lishimiz kerak: har qanday erkinlik tagida milliy manfaatlar yotadi. Mutlaq va sayyoraviy erkinlik yo‘q. OAV berilgan so‘z erkinligi va imkoniyatlardan foydalanib mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirmasligi kerak.
Biror odam haqida gapirganda, uning shaxsiyatini asosiy nishonga olmaslik lozim. Tanqid qilmoqchi bo‘lgan trollar o‘zini ma’lum qilishi kerak. Xushnudbekka o‘xshab ochiqchasiga o‘z fikrini bildirishi kerak. Biz o‘sha erkinlikni shundaylarga berib qo‘ysak, islohotlarga katta zarar keltirishi mumkin. Biror insonni shaxsiyatiga teguvchi nojo‘ya gaplar, tuxmatlar qilinishiga hech qaysi qonun yo‘l bermasligi kerak. Biz oshkoralikni o‘zimiz himoya qilishimiz kerak”.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi