21:13 / 15.09.2019
2 687

«Tramadol»ni Qozog‘istondan O‘zbekistonga dron orqali o‘tkazishga urinish holati qayd etildi

«Tramadol»ni Qozog‘istondan O‘zbekistonga dron orqali o‘tkazishga urinish holati qayd etildi
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati
Toshkent tumani Oqtosh aholi punktida «Tramadol» psixotrop dori vositasining 600 dona plastinkasi chegaradan o‘tkazilishining oldi olindi. Har plastinkada 10 tadan tabletka bo‘lgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlaridan «Daryo»ga ma’lum qilishlaricha, ushbu psixotrop moddalar «Fantom-4» rusumli dron yordamida O‘zbekistonga o‘tkazilgan.

«Hozirgi vaqtda psixotrop vositalarning ushlanishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi DXX tomonidan taqdim etilgan axborotda.
Dori vositalari va dron kimga tegishli ekani, gumonlanuvchilar qo‘lga olingan-olinmagani haqida qo‘shimcha axborot berilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Tramadol»ni Qozog‘istondan O‘zbekistonga dron orqali o‘tkazishga urinish holati qayd etildi