23:33 / 16.09.2019
3 056

Chilonzorda sauna yonib ketdi. Bir kishi qutqarib qolingan

Chilonzorda sauna yonib ketdi. Bir kishi qutqarib qolingan
Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
Toshkentning Chilonzor tumani Arnasoy ko‘chasida joylashgan «Zdorovoye Telo» kompaniyasiga qarashli saunada 15 sentyabr, yakshanba kuni soat 16:45 atrofida yong‘in yuz bergan.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatidan xabar berishlaricha, ikkita o‘t o‘chirish bo‘linmasi hodisa joyiga soat 16:52 da yetib borgan va yong‘in 17:04 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida saunaning 6 kvadrat metr maydonida ichki jihozlari yongan, 114 kvadrat metr maydoni esa yong‘indan saqlab qolingan.
«Saunaning 27 yoshli ishchisi tutundan dimiqqan holda qutqarib qolingan va shifoxonaga yuborilgan», — deyiladi DYoXX axborotida.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in saunadagi qozonxonaning qizib ketishi oqibatida yuz bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzorda sauna yonib ketdi. Bir kishi qutqarib qolingan