09:04 / 17.09.2019
3 922

Surxondaryoda traktor butunlay yonib ketdi, kuygan haydovchi shifoxonaga yotqizildi

Surxondaryoda traktor butunlay yonib ketdi, kuygan haydovchi shifoxonaga yotqizildi
Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati
Surxondaryoning Qiziriq tumanida 15 sentyabr, yakshanba kuni soat 14:00 atrofida «Yangiobod» mahallasi bo‘ylab Angordan Qiziriqqa tomon ketayotgan traktor yonib ketgan.

Voqea joyiga o‘t o‘chirish bo‘linmasi yetib kelgan vaqtda traktor to‘liq yonayotgan bo‘lgan. Yong‘in o‘chirilgan, traktor haydovchisi — 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro U.E. esa kuyish tan jarohati olgan.

«Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi FVV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi axborotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda traktor butunlay yonib ketdi, kuygan haydovchi shifoxonaga yotqizildi