10:35 / 18.09.2019
2 499

Shavkat Mirziyoyev: Joylarda chetdan valyutaga olib kelingan texnologiyalar ishlatilmay turgan ko‘plab holatlar aniqlandi

Shavkat Mirziyoyev: Joylarda chetdan valyutaga olib kelingan texnologiyalar ishlatilmay turgan ko‘plab holatlar aniqlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 sentyabr, seshanba kuni sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi. Yig‘ilishda, jumladan, import qilinayotgan texnologik uskunalardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlangan.

«Chunki joylarda chetdan valyutaga olib kelingan texnologiyalar ishlatilmay turgan ko‘plab holatlar aniqlangan. Bunga yer ajratish, qurilishga ruxsat berish, kommunikatsiya tarmoqlariga ulash kabi masalalar to‘siq bo‘lgan», — deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev uskunalar xarid qilgan tadbirkorlar muammolarini tezda hal etish, rejalashtirilgan korxonalarning ishlab ketishiga ko‘maklashish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar bergan.

«Biznes-ombudsmanga import qilingan texnologik jihozlarni ishga tushirishgacha bo‘lgan barcha jarayonni tuman, shahar, viloyat va respublika darajasida muvofiqlashtirish tavsiya etildi», — deyiladi rasmiy axborotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: Joylarda chetdan valyutaga olib kelingan texnologiyalar ishlatilmay turgan ko‘plab holatlar aniqlandi