11:24 / 18.09.2019
3 802

Samarqandda uzunligi 5570 metr bo‘lgan osma yo‘l quriladi (foto)

Samarqandda uzunligi 5570 metr bo‘lgan osma yo‘l quriladi (foto)
Foto: Zarnews
Samarqandda transport vaziri Ochilboy Ramatovga qurilishi rejalashtirilayotgan osma yo‘l loyihasi taqdim etildi. Bu haqda Spot xabar berdi.
Fotosuratda taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, osma yo‘l uzunligi 5,5 kilometrdan ziyodroqni tashkil etib, u biri Samarqand markazida joylashgan uchta stansiyani o‘z ichiga oladi.

Osma yo‘lda ikki stansiya qurilishi rejalashtirilgan, ular orasidagi 90 ta kabina soatiga 22 kilometr tezlikda harakatlanadi. Yo‘lovchi tashish har ikki yo‘nalishda ham soatiga 4 ming kishini tashkil etadi. Sayohat narxi taxminan 3000 so‘m bo‘lishi aytilmoqda.

Foto: Zarnews
Osma yo‘l butun shahar bo‘ylab o‘tadi va yo‘lovchilar havodan turib qadimiy Afrosiyob shaharchasi hamda asosiy tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Loyiha osma yo‘llar qurilishi sohasida dunyodagi eng yetakchi hisoblangan Italiyaning Leitner Ropeways kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda uzunligi 5570 metr bo‘lgan osma yo‘l quriladi (foto)