12:23 / 19.09.2019
2 957

Fuqaro 50 mln. soʻmga yaqin qarzini uyini koʻzdan kechirish vaqtida toʻladi

Fuqaro 50 mln. soʻmga yaqin qarzini uyini koʻzdan kechirish vaqtida toʻladi
Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudining 20.06.2019-yildagi qarzdor B.Maxmudovdan undiruvchi A.Abdulaxatov foydasiga 49 mln. 601,6 ming soʻm qarz undirish belgilangan va mazkur sud hujjatiga asosan Majburiy ijro byurosi Qoʻqon shahar boʻlimi tomonidan 02.08.2019-yilda ijro ishi qoʻzgʻatilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor B.Maxmudovga sud hujjati ijrochisini taʼminlash uchun 15 kun ixtiyoriy muddat belgilab bergan, biroq qarzdor shu muddat davomida ham undiruvchi A.Abdulaxatovga qarzini toʻlashdan bosh tortib kelgan.

Oqibatda, davlat ijrochisi majburiy ijro harakatlariga kirishib 26.08.2019-yilga qarzdor B.Maxmudovning yashash manzilida koʻzdan kechirish harakatini belgilagan va shu kuni shahar IIB profilaktika inspektori, boshqa vakolatli idoralar vakillari, mahalla fuqarolar yigʻini raisi, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirish va mol-mulkini xatlash ijro harakati oʻtkazilayotgan vaqtda qarzdor uydagi qimmatbaho jihozlarini xatlab olib kyetishiga chidab tura olmasdan sud hujjatida belgilangan 49 mln. 601,6 ming soʻm qarzni undiruvchi A.Abdulaxatovga toʻliq toʻlab bergan.

Shunga koʻra, ijro ishi yurituvi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida” gi Qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan tamomlangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaro 50 mln. soʻmga yaqin qarzini uyini koʻzdan kechirish vaqtida toʻladi