13:08 / 20.09.2019
2 850

Oʻzbekistonda Xalqaro taʼlim instituti tashkil etiladi

Oʻzbekistonda Xalqaro taʼlim instituti tashkil etiladi
Foto: Getty Images
Mamlakatda Xalqaro taʼlim instituti tashkil etiladi. Bu haqda 2019-yil 23-avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda oʻqituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan yigʻilish bayonida aytilgan.

Qayd etilishicha, Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov), Moliya vazirligi ikki oy muddatda pedagogika sohasida yuksak mahoratli, xalqaro tajriba va metodikalarni mukammal oʻzlashtirgan pedagoglarni tayyorlovchi Xalqaro taʼlim institutini tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga asoslangan taklif kiritadi.

Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Majidov) 2020-yil 1-yanvardan oʻquvchi-yoshlarda pedagogika kasbiga boʻlgan qiziqishni oshirish va yoshlar seleksiyasini tashkil etish maqsadida har bir hududda bittadan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 10-11-sinf bazasida “Yosh pedagoglar sinfi”ni tashkil etib, ularning pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari bilan samarali hamkorligini oʻrnatadi.

Bunda:
- pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda zamonaviy pedagogikaning metodlari va uslublarini oʻrgatishga qaratilgan oʻquv dasturlari tayyorlanadi;
- sinflarda oliy oʻquv yurtlarining pedagogika va metodika kafedralari professor-oʻqituvchilarining dars berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonda Xalqaro taʼlim instituti tashkil etiladi