3 445
Iqbol Mirzo: «O‘tgan yili shu taklifga qarsakbozlik qilganlar dabdabali to‘ylarning boshida turganini ko‘rdik»
To‘y-hashamlarni ixchamlashtirish borasida avvalo mansabdorlar boshqalarga o‘rnak ko‘rsatishi lozim. Bir necha kun oldin Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva tomonidan yangragan ushbu fikrni bugun ayni masala bilan shug‘ullanuvchi respublika komissiyasining raisi Iqbol Mirzo ham bildirib o‘tdi.
«Qaror ijrosini, eng avvalo, o‘zimizdan boshlashimiz kerak. Biz ham to‘ylar arafasida turibmiz. Hamma qarab turibdi: o‘zlari nima qilarkin? Atrofimizdagi tanishlar, qarindoshlarga to‘ylarni ixcham o‘tkazish bo‘yicha ma’lumot bersak, yaxshi bo‘lardi.
O‘tgan yili bu harakatni qo‘llab-quvvatlab, qarsakbozlik qilganlar dabadabali to‘ylarni boshida turganligini ko‘rdik», – dedi Iqbol Mirzo to‘y-hashamlarni tartibga solish uchun yangi tashkil etilgan komissiyaning ilk yig‘ilishida.
Yig‘ilishda bildirilgan takliflarga ko‘ra, mahalladagi obro‘-e’tiborli insonlarning to‘yini namuna qilib o‘tkazish kerak. Agar bir necha odamlarning to‘yi ixcham va kamtarona tarzda o‘tsa, ko‘zlangan natijaga erishish mumkin.
Ta’kidlanishicha, qarorga birinchi bo‘lib rahbar va amaldorlar rioya qilishi zarur. O‘shanda odamlar ularga ergashadi.
Anjumanda komissiya a’zolari tomonidan «To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qo‘shma qaror mazmun-mohiyatini qanday qilib xalqqa tushuntirish, targ‘ibotini amalga oshirish va mavzu atrofida aylanayotgan savollar yuzasidan shu va boshqa qator mulohazalar bildirildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi