5 007
«Agrobank» xodimi 245 nafar o‘qituvchi nomidan 735 million so‘mlik soxta kredit rasmiylashtirgani aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish o‘tkazildi.
Unda ATB «Agrobank» Izboskan filiali Front-ofisining bo‘limi boshlig‘i J.X., tumandagi maktablarning o‘qituvchilariga yillik mikroqarz krediti ajratish uchun soxta kredit hujjatlari tuzgani aniqlandi.
Xodim ushbu hujjatlar asosida 245 nafar o‘qituvchilarning har biriga naqd pulda 3 mln. so‘mdan jami 735 mln. so‘m mikroqarz ajratilishiga va pullarni bank kassasidan yechib olishiga erishib, lekin ushbu pullarni o‘qituvchilarga berish o‘rniga «Lenovo» rusumli noutbuklarni berganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan J.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi