10:50 / 23.09.2019
11 168

Salimboyning hashamatli uyiga uyushtirilgan sayohat (video)

Salimboyning hashamatli uyiga uyushtirilgan sayohat (video)
Foto: «Togri.uz»
Ijtimoiy tarmoqlarda Sport kurashlar assotsiatsiyasi rahbari Salim Abduvaliyevning uyiga uyushtirilgan sayohat tasvirlari tarqaldi. Uy hashamat bilan sharqona usulda bezatilgan, deb xabar beradi «Togri.uz».

Salim Abduvaliyev 20 yildan beri Milliy olimpiya qo‘mitasida yuqori lavozimlarda ishlab kelayotgan amaldor. Sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbari. Yunon-rum va erkin kurashi yo‘nalishida besh karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan sobiq sportchi.

Videodan ko‘rish mumkinki, saroyga kiraverishda katta tennis korti joylashgan. Uyning ichkarisi naqshinkor qilib bezatilgan. U yerda o‘ziga xos kutubxona ham, turli xil esdalik sovg‘alarni ham ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, Salim Abduvaliyev erkin kurash bilan shug‘ullanuvchi sport maktabidan yetishib chiqqan avtoritet. U biznes olamida tanilgan odam. Uning barcha kostyum-shimlari, oyoq kiyimlari, uyi, qarorgohi va dachasidagi barcha mebellari taniqli g‘arb dizaynerlari tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan va o‘zining maxsus gerbi tushirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Salimboyning hashamatli uyiga uyushtirilgan sayohat (video)