15:48 / 23.09.2019
3 547

Chimyonda turistik avtobus jarlikka quladi (foto)

Chimyonda turistik avtobus jarlikka quladi (foto)
Foto: Telegram / @ExoUzbekistana
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, Chimyon turistik hududida sayyohlarni tashishga mo‘ljallangan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, jarlikka qulagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa joyidan olingan fotosuratlar tarqaldi. Qayd etishlaricha, haydovchi avtobusni tormozga qo‘yishni unutgan va u qiyalik bo‘ylab harakatlanib ketgan.

Foto: Telegram / @ExoUzbekistana
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilmoqda. Voqea aynan qachon bo‘lgani haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

Foto: Telegram / @ExoUzbekistana

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chimyonda turistik avtobus jarlikka quladi (foto)