2019/2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2019 yilning 15 oktyabri etib belgilandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytiriladi.
Bundan oldin, talabalarga stipendiyalar to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilingandi.
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Respublika oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi shaklida davlat granti va bir yillik o‘qitish qiymatining stipendiyali miqdorini to‘lagan, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarni (xorijiy talabalardan tashqari) stipendiya bilan ta’minlash tizimi joriy etiladi.
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning kunduzgi shaklida davlat granti va bir yillik o‘qitish qiymatining stipendiyali miqdorini to‘lagan, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan hamda nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilgan (xorijiy talabalardan tashqari) Oliy ta’lim muassasalari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari belgilanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi