19:17 / 24.09.2019
3 876

O‘zbekistonda «selitra»siz hosil olish biotexnologiyasi yaratildi

O‘zbekistonda «selitra»siz hosil olish biotexnologiyasi yaratildi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti ilmiy xodimi, biologiya fanlari doktori Baxtiyor Rasulov tomonidan O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlarsiz kuzgi bug‘doy yetishtirish biotexnologiyasi ishlab chiqildi va amalda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Fanlar akademiyasi xabariga ko‘ra, mazkur biotexnologiya usuli yordamida – azotli va fosforli mineral o‘g‘itlarsiz bug‘doy hosildorligi oshiriladi. Dala sharoitidagi tadqiqotlar Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Kalgan massividagi bug‘doy dalalarida o‘tkazildi.

Biotexnologiyaning asosi tuproqlarda, o‘simlik ildizlari atrofida ko‘payadigan foydali bakteriyalarning noyob biologik xususiyatlariga asoslanadi. Tuproq bakteriyalari o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligini oshirishda talab etiladigan biologik azot va fosfor, turli fiziologik faol moddalar, oqsillar (shuningdek, aminokislotalar), vitaminlar hosil qiladi. Tuproqning muhim bio-ekologik xususiyatlarini tiklaydi – tuproq yosharadi. Taklif etilgan ushbu biotexnologiyada ana shu bakteriyalardan foydalaniladi.

Dala sharoitidagi tadqiqotlarda ushbu biotexnologiya asosida va mineral o‘g‘itlar qo‘llanmasdan o‘rtacha 50 s/ga hosil olingan.
Mazkur ishlanma, ayniqsa, sho‘rlangan tuproqlarning biologik xususiyatlarini tiklash va bug‘doy hosildorligini oshirishda juda foydali, O‘zbekiston sharoitlarida istiqbolli hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda «selitra»siz hosil olish biotexnologiyasi yaratildi