09:28 / 25.09.2019
4 082

Qalbaki “Coca-cola” va “Fanta” ishlab chiqarib sotib yurgan kollej o‘quvchisi qo‘lga olindi

Qalbaki “Coca-cola” va “Fanta” ishlab chiqarib sotib yurgan kollej o‘quvchisi qo‘lga olindi
Bozorlar, do‘konlarda qo‘lbola usulda, yashirincha tayyorlangan yaxna ichimliklar sotilishini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, departamentning viloyat boshqarmasi va Quvasoy shahar bo‘limi xodimlari Marg‘ilon shahrida o‘tkazgan tadbirda “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadon ko‘zdan kechirildi.

Xonadonda yashovchi Samadbek Saidqahhorov (kollej talabasi, ism-familiyalar o‘zgartirilgan) qo‘lbola tarzda ichimlik tayyorlab sotayotgani ayon bo‘ldi. Xolislar ishtirokida xonadon omborxonasidagi yashirin sexdan kislorod balloni, gazlashtirish dastgohi, bir yarim va bir litrlik yuzdan ziyod plastmassa idishga quyi­lib tayyorlab qo‘yilgan “Coca-cola”, “Pepsi-cola”, “Fanta” ichimliklari, qopqoqlar, qa­doqlash uchun sellofan paketlar va boshqa ashyolar olindi. Viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya markazi qo‘lbola usulda tayyorlangan mazkur ichimliklar iste’molga yaroqsizligi, xavfsizlik talablariga javob bermasligi haqi­da xulosa berdi.

— Kislorod balloni va gazlashtirish dastgohini Farg‘ona shahrining Qirguli mavzesidagi temir bozoridan sotib olgandim, — deydi aybiga to‘liq iqror bo‘lgan S.Said­qahhorov. — Ichimliklarni bir o‘zim tayyorlab do‘konlarga topshirganman. Marg‘ilon shahridagi spirtli ichimliklar do‘konlariga donasini 2000 so‘mdan o‘tkazganman.

Buzoqning yugurgani somonxonagacha deganlariday, g‘ayriqonuniy daromad orttirishga uringan “ishbilarmon”­ning qilmishiga chek qo‘yildi. Sud yoshligi, astoydil pushaymonligini inobatga olgan holda unga jarima jazosini tayinladi.

Bu haqda “Huquq” gazetasi orqali Departamentning Quvasoy shahar bo‘limi boshlig‘i Kamoljon Yuldashev ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qalbaki “Coca-cola” va “Fanta” ishlab chiqarib sotib yurgan kollej o‘quvchisi qo‘lga olindi