15:03 / 25.09.2019
3 002

Qozon qopqog‘iga uddaburonlik bilan yashirilgan tangalar fosh bo‘ldi

Qozon qopqog‘iga uddaburonlik bilan yashirilgan tangalar fosh bo‘ldi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Ayritom» chegara bojxona postiga kirib kelgan M.I. ismli xorij fuqarosi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, u madaniy boyliklarni noqonuniy tarzda olib o‘tishga uringani aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

M.I. ismli fuqaroning yuklari orasidagi afg‘on qozonining qopqoq rezinasi orasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 52 dona qadimiy tangalar borligi aniqlandi.

Ekspertiza xulosasiga asosan, 52 dona tanga miloddan avvalgi III-II asrga oid ekanligi va Yunon-Baqtriya podsholigi davrida zarb qilinganligi aniqlandi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan madaniy boyliklar Termiz Arxeologiya muzeyiga topshirilgan bo‘lib, holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozon qopqog‘iga uddaburonlik bilan yashirilgan tangalar fosh bo‘ldi