13:47 / 26.09.2019
5 360

Nurota chashmasi: Rus askarini o‘ldirgan baliq, oltinli suv va kumush eritmasi

Nurota chashmasi: Rus askarini o‘ldirgan baliq, oltinli suv va kumush eritmasi
Foto: Awaytravel.ru
Nurota chashmasining suvi minglab kilometr yerosti yo‘laklaridan soniyasiga 290 litr miqdorida oqib chiqadi. Chashma suvi qishin-yozin bir xil — 19,5 daraja iliq bo‘ladi. Ming yillar davomida oqib turgan chashmaning muzlashi hech kuzatilmagan, u minerallashgan yumshoq ichimlik suvidir.

Mazkur suvning tarkibida oltin moddasi bor, u oshqozon-ichak xastaliklariga davo. Suvdagi yod moddasi buqoq kasalligiga, noyob brom moddasi esa asab kasalliklariga shifo ekanligi qadimdan ma’lum. Uning tarkibidagi kumush eritmasi esa suv tarkibi yaxshi saqlanishini ta’minlaydi.

Nurota chashmasining baliqlari tog‘ daryolarida uchraydi, fan tilida sutbaliq, ya’ni daryo marinkasi deb ataladi. Baliqlar o‘rtacha 17 yil yashab, umri davomida chashma suvi chiqadigan ariqchalarni qumlardan tozalaydi, suvning mo‘’tadil kelishini ta’minlab, hatto uni filtrlab beradi.

Ular hech qanday tashqi ozuqasiz, suv tarkibidagi mikrorganizmlar va minerallardan oziqlanib yashayveradi. Shu bois o‘tmishda ba’zilar ularni «avliyobaliq» deb ham atashgan.

Mahalliy aholining ta’kidlashicha, o‘tgan asr boshlarida rus askarlarining o‘limiga ham aynan shu baliq iste’moli sabab bo‘lgan. Ogohlantirishga qaramay, ular «avliyobaliq»dan ovlab yeyishgan va shu zahoti vafot etishgan.

Rostan ham bu baliqlarni iste’mol qilib bo‘lmaydi, chunki ularning ichida qora pardasi bo‘lib, uvildirig‘i zaharli, uni tozalamasdan iste’mol qilgan odamning terisida dog‘lar paydo bo‘ladi, ko‘proq iste’mol qilsa, o‘limga olib keladi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurota chashmasi: Rus askarini o‘ldirgan baliq, oltinli suv va kumush eritmasi