07:04 / 27.09.2019
3 377

Vatanga xiyonatda ayblanib hibsga olingan olim sud zalidan ozod etildi

Vatanga xiyonatda ayblanib hibsga olingan olim sud zalidan ozod etildi
Foto: Facebook/Andrey Kubatin
26 sentyabr, payshanba kuni o‘zbekistonlik iste’dodli yosh olim, turkologiya mutaxassisi, 2017 yili davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olingan Andrey Kubatinning ishi Toshkent viloyati sudida ko‘rib chiqildi. Kubatin to‘liq oqlandi va sud zalidan ozod etildi. Ushbu ma’lumotni Andrey Kubatinning o‘zi va rafiqasi tasdiqladi.

2017 yili Kubatinga nisbatan 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi. Kubatin Turkiya fuqarosiga davlat siri aks etgan hujjatlarni berib yuborishda ayblangan, ammo bu ayblov sudda o‘z isbotini topmadi. Shunga qaramay, yosh olimga jazo belgilanishi faollarning hamda dunyo ilmiy hamjamiyatining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan edi.

O‘zbekistonlik va xorijlik olimlar, huquqshunoslar, Kubatinning yaqinlari va hamkasblari tomonidan aytilgan ko‘plab e’tirozlar, turli instansiyalarga yo‘llangan murojaatlardan so‘ng ish qayta ko‘rib chiqildi. Natijada Andrey Kubatin aybsiz ekanligi e’tirof etildi va u sud zalidan ozod qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vatanga xiyonatda ayblanib hibsga olingan olim sud zalidan ozod etildi