11:00 / 27.09.2019
3 276

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?
Respublika Gidrometeorologiya markazi 27 - 30 sentyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishni o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 sentyabrda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 28 sentyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 29 sentyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 13-18 daraja, 30 sentyabrda kechasi 6-11 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishni o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 sentyabrda kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq, 28 sentyabrda kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 29 sentyabrda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 30 sentyabrda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishni o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 sentyabrda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq, 28 sentyabrda kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq, 29 sentyabrda kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq, 30 sentyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishni o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 sentyabrda kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq, 28 sentyabrda kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq, 29 sentyabrda kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq, 30 sentyabrda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishni o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-28 sentyabrda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq, 29 sentyabrda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 30 sentyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishni o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 sentyabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-29 sentyabrda 12-17 daraja, 30 sentyabrda 8-13 daraja iliq, kunduzi 27 sentyabrda 25-30 daraja issiq bo‘ladi, 28-30 sentyabrda 13-18 daraja iliqqacha pasayadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?