17:24 / 27.09.2019
3 159

756 nafar ishchi xizmatchilarga 1,9 mlrd so‘m ish haqi undirib berildi

756 nafar ishchi xizmatchilarga 1,9 mlrd so‘m ish haqi undirib berildi
Majburiy ijro byurosining Urganch shahar bo‘limi tomonidaan joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida jami 756 ta ijro hujjati bo‘yicha korxona va tashkilotlarning 756 nafar ishchi xodimlariga to‘lab berilmagan 1.983.228.735 so‘m ish haqi pullari undirilib berilishi ta’minlandi.

Xususan, Xorazm trolleybus boshqarmasining 45 nafar ishchi xodimlariga to‘lanmasdan qolgan jami 121.313.373 so‘m ish haqilari undirildi, keyinchalik “Tuyamuyin-Urganch” MSQFB Gurlan bo‘limi tomonidan to‘lanmasdan qolgan 26 nafar ishchi xodimlarining 57.163.814 so‘mlik ish haqlari undirilib, ishchi xodimlarga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Shuningdek, joriy yilning mart-may oylari davomida “Toza Xudud” davlat unitar korxonasining 95 nafar ishchi xodimlariga to‘lanmasdan qolgan qolgan 220.910.798 so‘m ish haqlari hamda “Tuyamuyin-Urganch” mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasining 590 nafar ishchi xizmatchilariga jami 1.583.840.750 so‘m ish haqlari undirib berilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 756 nafar ishchi xizmatchilarga 1,9 mlrd so‘m ish haqi undirib berildi