06:35 / 29.09.2019
3 676

Farg‘onada mahbusni qiynab o‘ldirgan hibsxona safdori qamoqqa olindi

Farg‘onada mahbusni qiynab o‘ldirgan hibsxona safdori qamoqqa olindi
Farg‘onaning O‘zbekiston tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi safdori I.U. mahbus Abdurazzoq Qodirovning o‘limiga aloqadorlikda gumon qilinib, 25 sentyabrda hibsga olindi. Bu haqda Togri.uz viloyat huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasiga asoslanib xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bezorilikda ayblanib 10 sutka ma’muriy qamoq muddatini o‘tayotgan Abdurazzoq Qodirov safdori I.U tomonidan kaltaklanib, qoramol o‘g‘riligi bo‘yicha jinoyatni o‘z zimmasiga olishga majburlangan. Abdurazzoq Qodirov o‘limidan bir soat oldin Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIB tergov hibsxonasidan olib kelingan.

Mahbus tashqi va ichki tan jarohatlari bilan vafot etganligi yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov 16 sentyabrda vaqtincha saqlash hibsxonasi safdor xodimi I.U. hibsxona hududida Abdurazzoq Qodirovga tan jarohati yetkazganini aniqlagan. Ayni paytda I.U. qamoqqa olingan.

O‘zbekiston tumani IIB tergov hibsxonasi boshlig‘i ham qamoqqa olinganligi haqidagi xabarlar rasman tasdiqlanmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada mahbusni qiynab o‘ldirgan hibsxona safdori qamoqqa olindi