00:02 / 03.10.2019
3 884

Namanganda aliment to‘lashni istamagan ota 1 yoshli o‘g‘lini kanalga cho‘ktirib yubordi (video)

Namanganda aliment to‘lashni istamagan ota 1 yoshli o‘g‘lini kanalga cho‘ktirib yubordi (video)
Namanganda aliment to‘lashni istamagan ota 1 yoshli farzandini Shimoliy Farg‘ona kanaliga otib yubordi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi 26 yoshli Rosulbek Toshpo‘latov turmush o‘rtog‘iga 2017 yilning 1 oktyabrida uylangan. U 2018 yil 4 iyulda tug‘ilgan o‘g‘li o‘ziga o‘xshamasligidan shubha qilib, rafiqasi bilan janjallashgan. Oqibatda ayol 2019 yilning 24 fevralida o‘g‘lini olib, ota-onasining uyiga ketib qolgan.

Shundan so‘ng ular ajrashish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumani sudiga murojaat qilgan. Sudning 24 apreldagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, Rosubek Toshpo‘latov farzandi 3 yoshga to‘lgunga qadar topgan daromadining 70 foizini aliment tariqasida to‘lab borishi belgilangan. Shuningdek, unga har haftaning shanba va yakshanba kunlari soat 10:00 dan 12:00 gacha farzandini onasi ishtirokida ko‘rish huquqi berilgan.

Ota o‘z farzandini ko‘rish bahonasida 8 iyul kuni sobiq turmush o‘rtog‘i yashab turgan uyga borgan va aldov bilan o‘g‘lini olib qochgan. Bolani Shimoliy Farg‘ona kanaliga olib kelib, uni tashlab yuborgan va cho‘kib ketgunicha qarab turgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudyasi Sanobar Mamadaliyevaning ma’lum qilishicha, Rosulbek Toshpo‘latov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining «v,i» bandlari (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni; tamagirlik niyatida qasddan odam o‘ldirilishi) bilan aybdor deb topilib, unga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoning dastlabki 2 yili turma rejimida, qolgan qismi umumiy tartibli koloniyalarda o‘tattirish belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda aliment to‘lashni istamagan ota 1 yoshli o‘g‘lini kanalga cho‘ktirib yubordi (video)