14:14 / 03.10.2019
3 144

Mahalliy byudjetga tushumlar - iqtisodiyot samaradorligini oshirishga xizmat qiladi

Mahalliy byudjetga tushumlar - iqtisodiyot samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
Majburiy ijro byurosining Buxoro viloyat boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mahalliy byudjetga tushumlar samaradorligini oshirish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, soliq qarzdorligini qarzdor yuridik shaxslarning soliq qarzdorligini O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 483-moddasiga asosan ularning rahbarlari hamda ta’sischilarining shaxsiy mol-mulki hisobidan undirish yuzasidan tumanlararo iqtisodiy sudlarga jami
1,9 mlrd. so‘mlik 81 ta ariza bilan murojaat qilingan.

Qanoatlantirilgan arizalarga asosan joriy yilning 27-29-sentyabr kunlari davomida qarzdor yuridik shaxslar mulkdorlarining shaxsiy
mol-mulki hisobidan 95,5 mln. so‘m undirilgan, hamda 13 turdagi mulklar xatlangan. Tuman (shahar) bo‘limlar tomonidan soliq qarzdorligini undirish bilan bog‘liq qoldiqdagi ijro hujjatlariga asosan 56 ta 17,9 mlrd. so‘mlik mol-mulklar elektron auksion savdolariga chiqarilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 15.07.2009 yildagi 200-sonli qaroriga asosan mol-mulklarni davlat egaligiga o‘tkazish, sotish, yo‘q qilish va egasiga qaytarish bilan bog‘liq haqiqiy qoldiqdagi ijro hujjatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazilib, qoldiqdagi mol-mulklar realizatsiya qilish maqsadida mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda joriy yilning 29 sentyabr kuni Buxoro shahridagi “Markaziy dehqon bozori” MChJ va “Karvon bozori”da yarmarkalar tashkil qilindi. O‘tkazilgan yarmarka davomida jami 75,5 mln. so‘mlik tovar moddiy boyliklar realizatsiya qilinishiga erishilgan.

Bundan tashqari, ushbu turdagi 3 ta ijro hujjatiga asosan 276,2 mln. so‘mlik mulklar realizatsiya qilish maqsadida elektron auksion savdolariga chiqarilgan.

Boshqarmaning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarilgan jami 118 ta 61,1 mlrd. so‘mlik mol-mulklar ro‘yxati aholi gavjum bo‘lgan bozorlar, hokimliklar, soliq organlari va boshqa joylarda targ‘ibot qilinishi ta’minlangan. “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasida mol-mulk savdolari davom etmoqda, fuqarolarimiz elektron savdo maydonchasida qatnashishlari uchun Byuroning Buxoro viloyat boshqarmasi va tuman (shahar) bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahalliy byudjetga tushumlar - iqtisodiyot samaradorligini oshirishga xizmat qiladi