Yaqinda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan OAV vakillari va turistik agentliklar uchun Navoiy va Buxoro viloyatlariga infotur tashkil etildi.
Infoturdagi ikkinchi manzil O‘zbekistonning eng katta sun’iy ko‘llaridan biri — Aydarko‘l bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1968—1969 yillarning bahorida havoning keskin ilib ketishi va yog‘ingarchiliklarning ko‘p bo‘lishi oqibatida Sirdaryoda qurilgan Chordara suv ombori toshib ketgan. Katta xavfning oldini olish uchun ortiqcha suv Arnasoy, Tuzkon va Aydarko‘l botiqlariga oqizilgan. Shunday qilib, Nurotada yangi Aydarko‘l paydo bo‘lgan.
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Yana bir qiziq ma’lumot: mahalliy aholi haybatli bo‘lgani uchun uni Haydarko‘l deb ham atarkan. Yana uning Feruzako‘l degan nomi ham bor ekan. Balki chiroyli bo‘lgani uchun shunday deyishar? Yana bilmadim...
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Nima bo‘lganda ham, bu yer menda katta taassurot qoldirdi. Suvni yaxshi ko‘rgan odamlar uchun ayni muddao joy. Bu yerda baliq ovlash, cho‘milish yoki va shunchaki milliy ruhda bezatilgan o‘tovlarda dam olib, tabiatdan zavqlanish mumkin.
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi