Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun imzolagan farmonga ko‘ra, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga yangi vazifa topshirilgan.
Farmonga ko‘ra, hokimga Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish doirasida Qo‘qon shahrida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, festival va ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladigan maydon va hududlarni talab darajasida tayyorlashni ta’minlash topshirilgan.
Endi har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Qo‘qonda Xalqaro hunarmandchilik festivali va festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkaziladi.
Shuningdek, farmonda “Qo‘qon – Jahon hunarmandchilik shahri” brendini keng targ‘ib etish va mamlakatning sayyohlik salohiyatini oshirish ham ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, “Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat quyidagi ko‘rgazma va ko‘rik-tanlovlar tashkil etiladi:
birinchi bosqich – tuman (shahar)lar bo‘yicha festival va ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladigan yilning aprel oyida;
ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha festival va ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladigan yilning iyun oyida.
“O‘zbekkino” milliy agentligi festivalni targ‘ib qiladigan qisqa va to‘liq metrajli hujjatli filmlar ishlab chiqishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi