10:09 / 04.10.2019
3 678

Prezident asfalt o‘rniga yo‘llarni sement-beton bilan qoplanishini aytdi

Prezident asfalt o‘rniga yo‘llarni sement-beton bilan qoplanishini aytdi
O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish hajmi ortayotganini inobatga olib, yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan davlat ahamiyatiga ega yo‘llarni bosqichma-bosqich sement-beton qoplamaga o‘tkaziladi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 2 oktyabr kuni yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish va ushbu sohaga investitsiyalarni keng jalb qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda topshiriq bergan.

«Germaniyalik hamkorlar bilan birgalikda avtomobil yo‘llari qurilishi sohasida qo‘shma loyiha institutini tashkil etib, yurtimiz iqlimi va qatnov xususiyatlarini hisobga olib, yo‘l qurilishi sohasidagi normativ hujjatlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur», degan mamlakatimiz rahbari.

Mamlakatda yo‘l qurishda hanuzgacha asosan asfalt-beton ishlatiladi. Bunday yo‘llarning xizmat muddati 10-15 yil bo‘lib, 4-5 yildayoq ta’mirtalab ahvolga kelib qoladi.

Sement-beton qoplamali yo‘llarni qurish 15-20 foizga qimmat bo‘lsa-da, ekspluatatsiya muddati 2-3 baravar ko‘p va saqlash xarajatlari 3 baravar kam.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident asfalt o‘rniga yo‘llarni sement-beton bilan qoplanishini aytdi