Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
2019 yil 3 oktyabr kuni Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.N. boshqaruvidagi “LADA XRAY” rusumli avtoulov qo‘shni davlatga o‘tish maqsadida harakatlanib ketayotgan vaqtida to‘xtatildi.
Avtoulovni to‘xtatish jarayonida haydovchi M.N. mazkur avtoulovdan o‘ramlarni olib, qir-adirga yashirishga uringan vaqtida qo‘lga olindi.
Qora paketlarga solingan mazkur o‘ramlar qonunbuzarning o‘zi va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ularda jami 516 486 naqd AQSh dollari mavjudligi va mazkur naqd xorijiy valyutalarni qo‘shni davlatga noqonuniy olib chiqish rejalashtirilganligi aniqlandi.
Hozirda qonunbuzardan naqd xorijiy valyutalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi