18:20 / 05.10.2019
3 707

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarini ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish amaliyotiga o‘tiladi

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarini ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish amaliyotiga o‘tiladi
O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident Farmoni (PF–5843-son, 03.10.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab tajriba tariqasida ayrim davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va hududlarda, 2021 yil 1 yanvardan boshlab esa respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatiga qabul ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshiriladi.

Endilikda, davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilish va xizmatchilarning xizmat bo‘yicha o‘sib borishi bilan bog‘liq faoliyatda nomzodlarni adolatli baholab borish va ular orasidan eng munosiblarini tanlashga qaratilgan meriokratiya tamoyili qo‘llaniladi.

Shuningdek, Farmonga asosan davlat fuqarolik xizmati xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yagona tizimi joriy etiladi.

Farmon bilan, Prezident huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Prezidentning davlat xizmati va vakillik organlari bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi bir paytning o‘zida Agentlik direktori hisoblanadi.

Shu bilan birga, ushbu Agentlik huzurida Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda davlat xizmatchilarini ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish amaliyotiga o‘tiladi